O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
2025-yil 1-yanvardan 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:
Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Shunga ko‘ra, lotereyalar, internet tarmog‘ida o‘yinlar tashkil etish yoki bukmekerlik faoliyatiga soliq solishning yuqoridagi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin qo‘llaniladi.