Xususan, Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun virtual QQS ofisi ochilgandan keyin dastlabki 2020-yilda 20 ta horijiy kompaniya soliq toʻlovchi boʻlib roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, (2021-yilda 11 ta, 2022-yilda 9 ta, 23 yilda 17 ta xorjiy kompaniya soliq toʻlovchi boʻlib roʻyxatdan oʻtdgan). bugungi kunga kelib ularning soni salkam 3 barobarga oshib, 57 tani tashkil etmoqda.
Xorijiy kompaniyalar tomonidan respublikamiz budjetiga toʻlanayotgan soliq miqdori ham yildan yilga ortib bormoqda.
Jumladan Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar tomonidan 2023-yilda 69,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar koʻp degani.
Joriy yilning birinchi choragida esa ular tomonidan 23,6 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu oʻtgan, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar koʻp demakdir.
Bunda Toʻlangan soliqlarning 96,5 %i Meta, Google, Apple, Booking.com, Amazon, Acca, Zoom, Netflix, Yandex, Xsolla kabi yirik 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Soliq toʻlovchilarni hisobga olish va hisobini yuritish boʻlimi