Shuningdek, 2024-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova she’riyat mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi A.Navoiy hamda shoh va shoir, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, Z.M.Bobur hayot yo‘llari hamda o‘lmas asarlari avlodlar uchun ma’rifat mayog‘i bo‘lib xizmat qilishi xususida so‘z yuritdi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ham munosib nishonlandi. Xususan, “Qadr ayoldan boshlansa, qadrimiz yanada baland boʻladi” Shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, Soliq qo‘mitasi Raisining nafosat olami vakilalariga bayram tabrigi e’lon qilindi.
“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida hashar tashkil etildi. Navroʻz ayyomi hamda muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan hasharda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va koʻchalar obodonlashtirildi.
Qoʻmita binosi atrofidagi daraxtlarga shakl berildi. Atrof supurib-sidirildi, chang-gʻuborlardan tozalandi.
Yurtning obod boʻlishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishni insoniy burchi deb bilgan soliq organlari xodimlari hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatlik ramzi ekanini yana bir karra namoyon etdi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash xizmati