Tadbirkorlik subyektlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar va seminarlar, tadbirlar
29/04/2024
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan 2024-yilning yanvar-mart oylari davomida bevosita 11 028 nafar tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan 173 ta uchrashuvda 1 090 ta murojaatlar kelib tushgan va 1 043ta (96 %)muammoli masalalarihal etildi.
Jumladan:
201ta(18,4 %) tadbirkorlik subyektiga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha ortiqcha toʻlovni qaytarish va boshqa masalalarda;
157ta(14,4 %) subyektga soliq imtiyozlari va preferensiyalardan foydalanishda;
33ta(3 %) subyektga soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha nizolarni hal etishda;
198ta(18,4 %) subyektga ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish orqali aylanma mablagʻlarni koʻpaytirishga;
82ta(7,5 %) subyektga tekshirish natijasiga koʻra qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni qayta koʻrib chiqishda;
104ta(9,5 %) subyektga soliq qarziga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomasini asosligini qayta koʻrib chiqishda;
97ta(8,9 %) subyektga soliq qarzi toʻlov muddati uzaytirilib, korxonalarning uzluksiz ishlashiga sharoit yaratishda;
52ta(4,7 %) subyektga bankdagi hisob raqami operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyilgan holatlarni qayta tiklashda;
166ta(15,2 %) subyektga soliq organlari vakolatidagi boshqa masalalar boʻyicha murojaatlarni hal etishda koʻmaklashildi.
Soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi