23-may
may oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
20-may
aprel oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-moddasi 1-2 qismlar);
- agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
15-may
aprel oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);
- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).
10-may
aprel oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-moddasi 1-qism, 293-modda 1-qism);
may oyi uchun:
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni1
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);
- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);
- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
1 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
6-may1
aprel oyi uchun:
- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);
- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
1 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
1-may:
- qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisobotini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 1-qism);
- dehqon xoʻjaliklar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 8-qism).
23-aprel
aprel oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
22-aprel1
mart oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);
- agar mart oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
I chorak uchun:
- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash kuni
(Soliq kodeksi 4547-modda 2- va 3-qism);
- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism, 340-modda 1-qism);
- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS xisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 281-modda 3-va 4-qism).
1 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
15-aprel
mart oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4- va 5-qismlar);
- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3- va 4-qismi);
II chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).
13-aprel1
mart oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);
aprel oyi uchun:
- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);
- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
1 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
9-aprel
aprel oyi uchun:
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
5-aprel
mart oyi uchun:
- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);
- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).