Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari soliq organiga chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida) va oʻzlari nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqida xabarnoma yuborishlari shart.
Soliq qoʻmitasi chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etuvchi va chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston soliq rezidentlariga Soliq kodeksida belgilangan majburiyatlarini eslatish maqsadida xabarnomalar yubormoqda.
Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan Soliq qoʻmitasining 71 244-98-09 (ichki raqam 01620, 01243, 01281, 01879) telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi boshqarmasi