Soliq toʻlovchi soliq toʻlash maqsadida jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etsa, toʻlanadigan soliq summasi real vaqt rejimida uning shaxsiy kartochkasida avtomatik ravishda shakllanadi.
Bunda, taqdim etilgan deklaratsiya soliq organi tomonidan rad etilmasdan qabul qilinadi.
Soliq toʻlovchilar JShODS boʻyicha qoʻllaniladigan imtiyozlarni deklaratsiya taqdim etish orqali qaytarib olishi mumkin.
Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun, jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya “my3.soliq.uz” saytidagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi