Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.
Davlatimiz Rahbari forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan bir qator davlatlar vakillarini, xususan, Singapur, Qirgʻiz Respublikasi, Saudiya Arabistoni, BAA, Oʻmon Sultonligi va Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillarini qabul qildi.
Shuningdek, Forum davomida soʻzlagan nutqida yurtimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, “Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar boʻyicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi. ...Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.