2023-yilning toʻqqiz oyida soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yangilab borish
Joriy yil 9-iyunda “Oʻzbekiston Resupblikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida” buyrugʻi qabul qilindi.
Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan yangi Siyosatga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishda soliq tizimi qonuniylik, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik, ochiqlik va shaffoflik, preventivlik, tizimlilik jamoatchilik nazorati, korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi, ochiqlik va shaffoflik, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, rahbariyatga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish kabi tamoyillariga tayanadi.
Shu bilan birga, Soliq qoʻmitasining “Soliq xizmati organlari, qoʻmita tasarrufidagi idora, tashkilot hamda oʻquv muassasalarida xizmat tekshiruvi va xizmat oʻrganishi oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” buyrugʻi qabul qilinib, Soliq qoʻmitasi tizimida xizmat tekshiruvi oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Reglament tasdiqlandi.
Soliq xizmati organlari, qoʻmita tasarrufidagi idora, tashkilot hamda oʻquv muassasalarida yuzaga kelgan salbiy holatlar va favqulodda hodisalar haqidagi axborotlarni taqdim etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinib, soliq organlari, qoʻmita tasarrufidagi tashkilot va oʻquv muassasalarida yuzaga kelgan salbiy holatlar va favqulodda hodisalar haqida zudlik bilan taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati tasdiqlandi.
Korrupsiyaning oldini olish borasida raqamli texnologiyalardan foydalanish
Taʼkidlash lozim, sohada korrupsiya holatlarini oldini olishda raqamli texnologiyalarning keng tatbiq etilishi muhim qadamlardan biri boʻldi.
Soliq toʻlovchini hisobga olishdan tortib majburiyatini bajarishgacha boʻlgan jarayon avtomatlashtirildi.
Hozirda soliq toʻlovchilarga 50 dan ortiq interaktiv xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Xususan, soʻnggi bir yilda 9 ta interaktiv xizmat amaliyotga tatbiq etildi:
- toʻgʻri keladigan soliq rejimini tanlash;
- soliq yuki kalkulyatori;
- jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga SMS xabarnoma yuborish;
- davlat soliq xizmati organlarining qabul qilgan buyruqlarini haqiqiyligini tekshirish;
- soliq hisoboti tasdiqlanganligini aniqlash;
- mol-mulk soligʻi hamda yer soligʻini toʻlash;
- davlat boji hisobini elektron yuritish;
- norezident daromadidan toʻlov manbaida ushlab qolingan foyda soligʻini qaytarish;
“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya” elektron xizmati.
Shu bilan bir qatorda soliq maʼmurchiligini yuritishda inson omilini cheklashga katta eʼtibor berilmoqda.
Buni amaliyotga joriy etilgan 50 ga yaqin dasturiy mahsullar misolida koʻrish mumkin boʻladi.
Xususan, joriy yilda 5 ta dasturiy mahsulotlar amaliyotga joriy etildi:
- “Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish” axborot tizimi “Xatlov” mobil ilovasi;
- “Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar hisobini yuritish” AAT;
- “Soliq xavfini kompleks boshqarish” axborot tizimi;
- “Byudjetning soliq tushumlarini prognozlashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisoblash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Shuningdek, joriy yilda yana 4 ta dasturiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish boʻyicha sinovlar oʻtkazilmoqda.
- “Ishonchlilik indeksi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Respublika byudjetidan paxta va (yoki) gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari ishchilarining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish” axborot tizimi shular jumlasidandir.
Kadrlarni qayta tayyorlash va korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida koʻnikmalarni oshirish
Soliq xizmati organlarining barcha xodimlari uchun “Soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish choralari” mavzusida oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda. Mazkur seminarlar doirasida fiskal institutda oʻrtacha har oyda 864 nafar xodim qayta tayyorlov kurslarida malaka oshirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aloqa kanallari vositasidan foydalanish
Soliq qoʻmitasi tizimida xodimlar xatti-harakatlarining qonuniyligiga, odob-axloq normalariga rioya qilishga, shuningdek, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida soliq xizmat organi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlarning 78 foizi murojaatchilarning muammolari hal etish orqali koʻrib chiqilgan va 15,1 foizi boʻyicha xodimlarga tegishli choralar koʻrilgan. Murojaatlarning 6,9 foizi oʻz tasdigʻini topmaganligi sabab tugatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda bevosita Shaxsiy xavfsizlik tuzilmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Joriy yilning oʻtgan davrida:
- salbiy holatlarni sodir qilmaslik yuzasidan 2 272 nafar xodim bilan alohida profilaktik tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazildi;
- turli soliq tekshiruvlarini oʻtkazishga safarbar qilingan xodimlar bilan 37,8 mingta suhbatlar oʻtkazilib, tilxatlar olindi;
- jami 1 347 ta xizmat tekshiruvi va xizmat oʻrganishlari oʻtkazilib, 899 ta holatda hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni himoya qilish organlariga yuborildi.
Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi va oʻrganishlari yakuni bilan davlat byudjetiga 452 ta korxona boʻyicha jami 386 mlrd soʻm soliq va toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanib, shundan 112 mlrd soʻm davlat byudjetiga undirildi.
Erishilgan natijalar boʻyicha qisqacha
Soliq qoʻmitasi markaziy apparati 2021-yil avgust oyida ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritgan.
Qoʻmitaning muvofiqlik sertifikatini himoyasi yuzasidan 2023-yil avgust oyida 2-bosqich auditi muvaffaqiyatli oʻtkazildi hamda muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi.
Soliq organi oʻzining korrupsiyaga qarshi siyosatida belgilab olgan asosiy tamoyillaridan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boradi hamda korrupsiyadan holi davlat organi sifatida tan olinishi uchun barcha choralarni koʻradi.
Soliq qoʻmitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatta-harakatlar to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitishni tashkil qilish haqida
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning ish kunlarida soat 9:00dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Unda fuqarolar soliq organlari xodimlari tomonidan yoʼl qoʼyilayotgan korruptsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek soliq sohasiga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi, Qoʼngʼiroq egasi tomonidan berilgan maʼlumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaviy
holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan alohida aloqa kanallari
1)“Ishonch telefoni” – 1198 va 71-244-98-98;
2) elektron pochta – org@soliq.uz;
3) boshqa elektron manzillar – org@soliq.uz;
4) telegram bot – @dsq_anticorrupciya_bot;
5) platforma – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatiorganlarining “Elektron soliq xizmatlari” portali.
№
|
Hudud nomi |
Telefon raqami |
1 |
Qoraqalpog'iston Respublikasi | (0361)-222-62-84 |
2
|
Аndijon viloyati |
(0374)-223-95-22 |
3
|
Buxoro viloyati |
(0365)-221-30-03
|
4
|
Jizzax viloyati |
|
5
|
Qashqadaryo viloyati |
|
6
|
Navoiy viloyati |
|
7
|
Namangan |
(0369)-227-91-52
|
8
|
Samarqand viloyati |
|
9
|
Surxondaryo viloyati |
|
10
|
Sirdaryo |
|
11
|
Toshknt viloyati |
|
12
|
Farg'ona viloyati |
|
13
|
Xorazm viloyati |
|
14
|
Toshkent shahar |
|