Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi, 85 A-uy
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5252-sonli qarori bilan belgilangan davlat dasturida ishtirok etish qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar)


1. Umumiy qoidalar:

    1.1. Mazkur Qoidalar xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini aholiga qaytarish bo‘yicha davlat dasturida qatnashish sharti va tartibini belgilaydi.

Dasturda ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan munosabatga kirishadi, mazkur Qoidalarni to‘liq va so‘zsiz qabul qiladi, uni bajarish majburiyatini oladi va ushbu Qoidalarga muvofiq xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir foizini olish huquqiga ega bo‘ladi. 

    1.2. Xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish ishtirokchining bank kartasi orqali O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

    1.3 Xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismi to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan vakolatli bank orqali soliq organlarining mobil ilovasida onlayn-kassa texnikasi cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasigacha amalga oshiriladi. 

    1.4. Vakolatli bank dastur ishtirokchisiga qaytariladigan summaning 0,7 foizi miqdorida xizmat haqi (komissiya) oladi.


2. Terminlar va tushunchalar:

    dastur ishtirokchisi – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, shuningdek, fuqaroligi yo‘q shaxslar;

 soliq organlarining mobil ilovasi - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yuridik va jismoniy shaxslar bilan soliq organlarining axborot almashuvi (kommunikatsiyalar) uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminoti; 

 dastur – maqsadi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish hisoblangan, soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatga olingan onlayn-kassa texnikasi cheki asosida dastur ishtirokchisiga xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlat va aholi munosabatlari;

shubhali xaridorlar ryestri – qaytarish huquqini olgan va (yoki) boshqa jismoniy shaxsga tegishli onlayn-kassa texnikasi chekini uning ruxsatisiz bevosita tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish uchun egallagan va (yoki) huquqbuzarlik sodir etgan, shuningdek boshqa holatlarda tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish huquqidan foydalanishi cheklanadigan jismoniy shaxslar ro‘yxati.


3. Dasturda ro‘yxatdan o‘tish:

    3.1. Dasturda qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi. 

  3.2. Dasturda qatnashish uchun soliq organlarining mobil ilovasida onlayn-kassa texnikasi chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash yoki fiskal belgisining quyidagi majburiy rekvizitlarini to‘ldirish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish lozim:

mobil telefon raqami;

bank kartasi raqami.

    3.3. Soliq organlari chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxsni identifikatsiyalash maqsadida xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish uchun maxsus mobil ilovalar orqali onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatga olishni amalga oshirishda jismoniy shaxsdan o‘zining shaxsiy indentifikatsiya raqamini ko‘rsatishni so‘rashi mumkin.

    3.4. Mobil ilovada onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxs uning mobil telefon raqamini soliq organlari mobil ilovasida ko‘rsatish va u haqdagi maʼlumotlarni onlayn-kassa chekini ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi boshqa shaxsga taqdim etish shartiga rozilik bildiradi.


4. Dasturda qatnashish shartlari:

    4.1. Dastur qatnashchisi soliq organlari mobil ilovasida onlayn-kassa texnikasi chekini berilgan sanasidan o‘n kalendar kunidan ko‘p vaqt o‘tmasdan ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

    4.2. Soliq organlarining mobil ilovasida quyidagi fiskal belgisi bor onlayn-kassa texnikasi cheklari ro‘yxatga olinmaydi:

avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish amalga oshirilgan;

avtomobillar, avia va temiryo‘l chiptalari xarid qilinishi, kommunal va aloqa xizmati to‘lovlari, shuningdek, boshqa xizmatlar natijasida olingan;

shubhali xaridorlar ryestriga kiritilgan jismoniy shaxslar.

    4.3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi holatlarda xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarishni butunlay yoki qisman rad etish haqida qaror qabul qilish huquqiga ega:

tovarlar (xizmatlar) sotilgan va jismoniy shaxsga onlayn-kassa texnikasi cheki berilgan davrda sotuvchi tomonidan soliq organlariga tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilmaganligi, soliq to‘lovchi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i va (yoki) aksiz solig‘i to‘lanmaganligi, soliq to‘lovchi tomonidan aylanmadan to‘lanadigan soliq to‘lanmaganligi;

soliq organlarida mavjud aholi bilan hisob-kitoblar va boshqa xabarlar onlayn tarzda kelib tushuvchi maʼlumotlar asosida tovarlar (xizmatlar)ni sotish va sotib olishda xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarishga yo‘naltirilgan huquqbuzarliklarni sodir etish alomatlari aniqlanganligi;

onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan shubhali xaridorlar ryestriga kiritilgan jismoniy shaxslar;

sotuvchi tomonidan xarid nomenklaturasida ko‘rsatilmagan tovarlarning sotilishi yoki ularning miqdori sotuvchi tomonidan xarid qilingan tovarlar miqdoridan oshishi;

onlayn-kassa texnikasi cheklarida identifikatsiya kodi va shtrix-kodlarning noto‘g‘ri aks etishi yoki ularda soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan identifikatsiya kodi va shtrix-kodlarning aks etishi aniqlanganligi;

tovarlar (xizmatlar) sotuvchisida soliq qarzdorligi mavjudligi;

soliq organlari axborot tizimlarida jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn-kassa texnikasi cheklari haqida maʼlumotlar yo‘qligi;

tovarlar (xizmatlar) sotuvchisi tomonidan o‘zining soliq hisobotida tovarlar (xizmatlar) sotishdan olingan daromadlar summasida jismoniy shaxslarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn-kassa texnikasi cheklari ulushi aks ettirilmasligi.

    4.4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari mobil ilovasida onlayn-kassa texnikasi cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslardan real xaridlar qilinganining tasdig‘ini so‘rash, shuningdek, xaridlar qilinmagani bo‘yicha shubhalar mavjudligida tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarishni rad etish haqida qaror qabul qilish huquqiga ega. 

    4.5. Agar jismoniy shaxs maxsus mobil ilovada onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirishda mazkur onlayn-kassa texnikasi cheki soliq organlari mobil ilovasida boshqa shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganini aniqlasa ko‘rsatilgan jismoniy shaxs maxsus mobil ilovada onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish huquqini rad etish yoki mazkur shaxs xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish uchun onlayn-kassa texnikasi chekiga egalik qilish va (yoki) huquqbuzarlik sodir etilgani xususida shikoyat qoldirish huquqiga ega.

Tovarar (xizmatlar) xaridini amalga oshirgan va boshqa shaxs tomonidan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish huquqini beruvchi shunday chek olingani munosabati maxsus mobil ilovada onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan jismoniy shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Agar jismoniy shaxs shikoyati soliq organlarining mobil ilovasida maxsus mobil ilovada onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsga to‘lov amalga oshirilguncha qoldirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxsga xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarishni to‘xtadi. 

Bunday holatda tovarlar (xizmatlar) xaridining qaytariladigan qismi bo‘yicha to‘lov tovarlar (xizmatlar) xarid qilingani va onlayn-kassa texnikasi cheki olingani taqdim etilgan hujjatlar va boshqa maʼlumotlar asosida fakt tasdiqlangan jismoniy shaxsga nisbatan amalga oshiriladi. 

Tovarlar (xizmatlar) xarid qilingani va onlayn-kassa texnikasi cheki olingani faktini aniqlash imkonsiz deb hisoblangan taqdirda xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) narxining bir qismini qaytarish sud qarori asosida hal etiladi.


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5252-sonli qarori bilan belgilangan davlat dasturida ishtirok etish qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar)

1. Umumiy qoidalar:

1.1. Ushbu Qoidalar soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar bergan jismoiny shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturida ishtirok etish qoidalari va shartlarini belgilaydi. 

Dasturda ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan munosabatga kirishadi, mazkur Qoidalarni to‘liq va so‘zsiz qabul qiladi, uni bajarish majburiyatini oladi va soliq organlariga soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida maʼlum qilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimaning yigirma foizi miqdorida pul mukofoti olishga haqli. 

1.2. Soliq huquqbuzarliklari faktlari aniqlanganligi uchun pul mukofoti bilan rag‘batlantirish ishtirokchining bank kartasi orqali O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

1.3 . Soliq huquqbuzarliklari faktlari aniqlanganligi uchun pul mukofoti bilan rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan vakolatli bank orqali amalga oshiriladi. 

1.4. Vakolatli bank dastur ishtirokchisiga qaytariladigan summaning 0,7 foizi miqdorida xizmat haqi (komissiya) oladi.


2. Terminlar va tushunchalar:

dastur ishtirokchisi – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, shuningdek, fuqaroligi yo‘q shaxslar;

soliq organlarining “Soliq_hamkor” axborot tizimi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining coliq qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan soliq organlarining axborot almashuvi (kommunikatsiyalar) uchun mo‘ljallangan dasturiy taʼminoti; 

dastur – soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish maqsadida, soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga xabar berganlik uchun dastur ishtirokchisiga pul mukofoti to‘lash orqali amalga oshiriladigan davlat va aholi o‘rtasidagi munosabatlar. 


3. Dasturda ro‘yxatdan o‘tish

3.1. Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi. 

3.2. Dasturda ishtirok etish uchun soliq organlarini aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida xabardor qilish zarur. Soliq organlarini soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari aniqlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish soliq organlarining “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi:

sodir etilgan soliq huquqbuzarligi; 

soliq huquqbuzarligi sodir etgan xo‘jalik subʼektining joylashuv joyi; 

3.3. Dastur ishtirokchisi soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari aniqlanganligi to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilganda soliq organlarining “Soliq hamkor” axborot tizimida quyidagi maʼlumotlarni ko‘rsatadi: 

mobil telefon raqami;

bank kartasi raqami.

Aniqlangan soliq huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish va pul mukofotlarini olish maqsadida soliq xizmati organlarining “Soliq hamkor” axborot tizimida dastur ishtirokchisini aniqlash va hisobga olish soliq organlarining “Soliq hamkor” axborot tizimida ko‘rsatilgan dastur ishtirokchisining mobil telefon raqamiga kelib tushgan registratsiya kodini kiritish orqali amalga oshiriladi. 

3.4. Pul mukofotini olish uchun aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida soliq organlariga xabar berish dasturi ishtirokchisini aniqlash maqsadida soliq organlari ulardan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soliq organlarining “Soliq hamkor” axborot tizimida ko‘rsatishni talab qilishi mumkin..

3.5. Maʼlumotlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, soliq organlari dastur ishtirokchisining aniqlangan soliq huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risidagi xabarini ko‘rib chiqmasligi mumkin.


4. Dasturda ishtirok etish shartlari 

Bitta xo‘jalik yurituvchi subʼekt bo‘yicha dasturning bir nechta ishtirokchilaridan aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarnomalar olingan taqdirda, soliq organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi va bir martalik pul mukofotini to‘lash faqat soliq organlarining axborot tizimida navbatda birinchi bo‘lib tan olingan va aniqlangan dastur ishtirokchisining xabarnomasiga nisbatan amalga oshiriladi.

4.2. pul mukofotini olish rad rad etilgan taqdirda, soliq organlarining “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari aniqlanganligi to‘g‘risida xabar bergan dastur ishtirokchisi bu haqda ko‘rsatib o‘tadi. 

4.3. Soliq organlariga atayin (qasddan) yolg‘on maʼlumot bergan dastur ishtirokchisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

4.4. Soliq organlari soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan dastur ishtirokchisidan tovarlarning fotosurati, to‘lov terminali kvitansiyasi ko‘rinishida va boshqa yo‘llar bilan haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi mukofotni tasdiqlovchi hujjatni talab qilib olishga, shuningdek, agar u xaridni amalga oshirmaganligi haqida shubhalar mavjud bo‘lsa, undan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish uchun asoslar yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

4.5. Agar dastur ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqqoniy bo‘lsa va soliq organining yoki sudning aybdor shaxsga nisbatan javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirgan bo‘lsa, rag‘batlantirish amalga oshiriladi.

4.6. Dastur ishtirokchilari nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzganlik, naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganlik yoki markirovka mavjud emasligi, shunmingdek, savdo va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirning boshqa qoidalari buzilganlik holati aniqlanganligi to‘g‘risida soliq organlariga xabar bergani uchun pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. 

4.7.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi aybdor shaxs tomonidan jarima to‘langanidan yoki soliq organi yoxud sudning javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay dastur ishtirokchisigan pul mukofoti sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan summani vakolatli bankda ochilgan hisob raqamiga o‘tkazadi. 


Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring