Davlat soliq qo‘mitasida yuridik shaxslarning markaziy ma'lumotlar bazasi tashkil etildi (VM-539-sonli qarori), 4.09.2020-yil).
Xatlov jarayonida ayrim korxonalar hisob ma'lumotlarida (ta'sischi, muassis, rahbar yoki hisobchi) kamchiliklar aniqlandi.
Shu munosabat bilan, joriy yil 31-iyul kuni soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga hisob ma'lumotlarga tegishli o‘zgartirish kiritib, to‘g‘riligini tasdiqlab berishlari yuzasidan xabarnomalar yuborildi.
Natijada, 12-avgust holatiga 17 856 ta yuridik shaxsdan faqatgina 114 tasi hisob ma'lumotlariga tegishli o‘zgartirish kiritib, to‘g‘riligini tasdiqlab berdi.
Ogohlantiramiz! Hisob ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirish kiritib, haqiqiyligini tasdiqlab bermagan tadbirkorlik subyektlarida EHF rasmiylashtirish, soliq to‘lash, shaxsiy varaqa ochish kabi soliq majburiyatlarini bajarishda xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.
Xatlov o‘tkazilishidan asosiy maqsad – soliq organlari tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish va soliq to‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatilishida hisob ma'lumotlarining to‘g‘riligini ta'minlash.