O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz dagi elektron hisobot interaktiv xizmatida yuz bergan ayrim texnik nosozliklar munosabati bilan oxirgi muddati 2022-yil 19 yoki 20-yanvar bo‘lgan soliq hisobotlarining taqdim etishni bir kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik soliq to‘lovchilarni javobgarlikka tortishga va ularni u yoki bu soliq xavfi guruhiga kiritilishiga sabab bo‘lmasligini maʼlum qiladi.
Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati chog'ida jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.