Bayram munosabati bilan 5-sanaga qadar dam olish kunlari belgilanganligi sababli joriy yilning avgust oyi uchun bir tomonlama EHFni rasmiylashtirish muddati 5 kunga, yaʼni 10 sentyabrga qadar uzaytiriladi.
Tuzatuvchi EHFlarni esa 20-sanaga qadar rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Tadbirkorlarning so‘roviga ko‘ra (rasmiy sayt, ijtimoiy tarmoqlar, telefon orqali) mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodlarini tez topishga ko‘mak beriladi, shuningdek, mavjud bo‘lmagan kodlar Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati vaqtida moliyaviy yoki maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.