Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 1-aprelda berilgan eʼlonga asosan “Ishonchli hamkor” AATni davlat-xususiy sheriklik asosida ishlab chiqish va joriy etish loyihasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda qatnashish to‘g‘risida 4 nafar tadbirkorlik subyektlari belgilangan muddatda ariza taqdim etgan.
Davlat soliq qo‘mitasi maxsus Komissiyasi tomonidan ushbu tadbirkorlik subyektlarining takliflari hamda salohiyati baholanib, shuningdek loyihani amalga oshirish natijasida tushadigan tushumdan davlat sherigi ulushi uchun eng yuqori qiymat belgilash taklif etilganligini inobatga olgan holda “Defen Financial” MCHJ o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasiga ko‘ra xususiy sherik sifatida belgilandi.
Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi va “Defen Financial” MCHJ o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolandi.