Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminar-treningi bugun, 🗓 2021-yil 5-avgust kuni “Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar va soliqqa oid huquqbuzarliklar hamda ularni sodir etganlik uchun javobgarlik” mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Seminar dasturida:
🔘 kameral soliq tekshiruvining o‘ziga xos xususiyatlari;
🔘 sayyor soliq tekshiruvini o'tkazish tartibi;
🔘 soliq auditining asosiy huquqiy normalari;
🔘 soliq huquqbuzarliklariga nimalar kiradi;
🔘 soliq huquqbuzarliklari uchun qanday javobgarliklar nazarda tutilgan.
Boshlanish vaqti – 16:00
Savollaringizni jonli efir izohlarida yozib qoldirishingiz mumkin.
Mutaxassislar savollarga javob berishga, taklif va muammolarni tinglashga tayyor.
Tadbir DSQning YouTube sahifasida jonli efirga uzatiladi.