Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. (PF-6191-son)
Ushbu meʼyorga muvofiq 2021-yilning 4-oktabr kuni barcha soliq to‘lovchilarga joriy yil sentabr oyi jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisoboti reyestrida (5- va 6-ilova) xodimlar JShShIRlari to‘g‘ri ko‘rsatilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.
Ishchilar soni ko‘p bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarining JSHSHIRini aniqlash uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinayotganligi sababli 2021-yil sentabr oyi uchun jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotini taqdim qilish muddati 5 kunga uzaytirildi va 2021-yil 20-oktabr etib belgilandi.