Eslatma: 2021-yil 5-avgust
iyul oyi uchun:
▫️ banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini byudjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);
▫️ iyul oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, VMQ-88-son 1-bandi (3.19.2002 y.), 6.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).