III chorak uchun:
- foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism, 340-modda 1-qism);
- tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasi oyiga 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 259-modda 2-qism, 273-modda 1-qism).
sentabr oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1, 2- qismlar);
- agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3, 4-qismlar);
- jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.
Muddat 5 kunga uzaytirilib, 2021-yil 20-oktabr etib belgilangan edi.
oktabr oyi uchun:
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).