Soliq qoʻmitasi tomonidan “Soliq xizmati organlariga Yosh mutaxassislarni stajirovka oʻtash uchun tanlab olish dasturi” qayta ishga tushirildi.
Soliq qoʻmitasi mazkur dastur asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati iqtisod, moliya, buxgalteriya, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida IV bosqichda tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida Soliq qoʻmitasida stajirovka oʻtash yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2023-yil 30-noyabrga qadar Elektron soliq xizmatlari portali (my3.soliq.uz)dagi “Soliq xizmati organlarida stajirovka oʻtash boʻyicha tanlovda ishtirok etish tizimi” orqali qabul qilinadi.
Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali Soliq xizmati organlariga Yosh mutaxassislarni stajirovka oʻtash uchun tanlab olish dasturida batafsil tanishish mumkin.
https://soliq.uz/storage/files/October2023/000000008b718a3e018b7efa0a510001.pdf
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun telefon raqamlar:
(71) 244 98 47, (71) 244 98 09 (ichki raqam: 01485).
Eslatma:
Tanlovda ishtirok etuvchilar test sinovi oʻtkaziladigan kuni oʻzlari bilan:
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta);
tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi muhri bilan tasdiqlangan holda talabaning reyting daftarchasi nusxasi (barcha semestrlar boʻyicha baholari aniq koʻringan boʻlishi kerak);
oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan 4-bosqichda oʻqiyotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (asli);
chet tilini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikati mavjud boʻlsa ushbu sertifikatning asl nusxasi bilan kelishi zarur.
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi