Soliq to‘lovchilar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.
Agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatning so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shunga muvofiq, 1-aprel ishlanmaydigan kun bo‘lganligi sababli jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni 3-aprelga ko‘chiriladi.