2022-yil 17-yanvar kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.
Boshlanish vaqti: soat 11:00
To'g'ridan-to'g'ri efir - Youtube va Facebook
Manzil: Toshkent shahri Shayxontohur tumani A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi raisi avvalroq soliq sohasiga kiritilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan ulgurji va chakana savdo, qurilish tashkilotlari hamda klasterlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Shuningdek:
👉OAV vakillari, Jamoatchilik kengashi va soliq maslahatchilari savollariga javob bergan edi
👉hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan konstruktiv muloqotlar o‘tkazgan edi