DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi "Soliq ma'murchiligi texnologiyalari" ishchi guruhi MXIKni joriy etishning dolzarb masalalarini norasmiy shaklda muhokama qilish tashabbusi bilan chiqdi.
Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari, Onlayn nazorat-kassa texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari vakillari, bosh buxgalterlar jamoalarga bo'linib sohaning dolzarb vazifalarini oshkora ko‘rib chiqmoqda.
Taktik platformaning maqsadi - bir-birini eshitish va dolzarb muammolarni hal qilishning yo'llarini birgalikda belgilash.