Savdo sanoat palatasida "Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Unda Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati va Jamoatchilik kengashi a’zolari, shuningdek, Moliya vazirligi, Savdo sanoat palatasi, Biznes Ombudsman va soliq maslahatchilari ishtirok etdi.
Soha mutaxassislari takliflarini olish va loyihani yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tdi.
DSQ matbuot xizmati