Joriy yilning 2-avgust kuni Pop tumanida tuman prokuraturasi hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi hamkorligida Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, tadbirkorlik subyektlariga mol-mulk, qo‘shilgan qiymat, foyda va boshqa soliq turlarida berilgan imtiyozlar yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda tuman prokuraturasi davlat soliq inspeksiyasi rahbariyati va boshqa sohaga mas’ul xodimlar ishtirok etib, korxonalarga berilgan imtiyozlardan foydalanish hamda ularning mavjud muammolari to‘g‘risida suhbatlashdilar.
Shuningdek, uchrashuvda bugungi kunda Soliq kodeksi hamda shu sohaga oid boshqa qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlariga tushuntirishlar berilib, mavzu yuzasidan videorolik qo‘yib berildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilib, ularning huquqlari qonun himoyasida ekanligi ta’kidlandi.
Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati