2022-yil boshida soliq uzilish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 0,37ni tashkil etgan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning 11 oyida qariyb 2 baravarga pasaydi.
2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida 52 663 ta tashkilotda soliq uzilishlarining bartaraf etilishi natijasida koeffitsiyent 0,18 ga tushdi.
Bugungi kunda QQS uzilish koeffitsiyenti:
Eslatib o‘tamiz! QQS uzilish koeffitsiyenti soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar kontragentlarini tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun joriy qilingan.
Muhim! Soliq uzilish koeffitsiyenti soliq toʻlovchilarning hisobvaraq-fakturalarida maʼlumot tariqasida aks etadi va QQS guvohnomasi vaqtincha toʻxtatilishiga va hisobga olingan soliq summasiga tuzatish kiritilishiga olib kelmaydi.
Soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish departamenti