Oktabr oyi uchun 1 201 152 nafar isteʼmolchiga 82,2 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-sentabr oylari uchun yana 1,5 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.
Yil boshidan buyon 1 506 906 nafar fuqaro 602,9 mlrd soʻm keshbek oldi.
Foydalanuvchi shaxsini aniqlash va xavfsizlik maqsadida 500 000 so‘mdan ortiq keshbek mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazishda Face ID (avtorizatsiya) dan o‘tish talab etiladi.