Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning “Tadbirkorlar: iqtisodiyotimiz tayanchi, islohotlarimiz lokomotivi, o‘sish nuqtasi drayveri” mavzusidagi navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Transport vazirligi, Energetika vazirligi vakillari hamda tadbirkorlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.