Yanvar-oktabr oylarida sayyor qabullarda 59,1 mingga yaqin murojaat hal etildi
07/11/2024
2024-yil yanvar-oktabr oylarida soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 10 071 ta sayyor qabullarda 74 620 ta murojaat yo‘llangan.
Shundan:
hal etilgan – 59,1 mingta (79,2 %);
tushuntirish berilgan – 12,3 mingta(16,5 %);
o‘rganish jarayonida – 3,1 mingta (4,2 %);
rad etilgan – 71 ta(0,1 %).
Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
Toshkent viloyati – 959 ta;
Farg‘ona viloyati – 897 ta;
Qashqadaryo viloyati – 874 ta.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi