Yurish tana uchun eng tabiiy jismoniy jarayon hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, aksariyat odamlar imkon qadar kamroq piyoda yurishga harakat qiladi. Insoniyat kamroq yurish uchun nimalar o‘ylab topmadi deysiz: eskalatorlar, liftlar, elektrosamakatlar, sigvey, avtomobillar va h.k. Vaholanki, ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aynan piyoda yurish – umrni uzaytirish uchun juda foydali mashg‘ulot.
Xabaringiz bor, hukumatning “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida eʼlon qilingan.
Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi barchani bugun, 22 sentyabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun" tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiradi.
Shuningdek,
#carfreeday_uzbekistan
#shaxsiynamunakursat
#avtomobilsizbirkun
xeshteglarini ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz orqali ommalashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi!