1. | Adliya vazirligi | tovar ishlab chiqaruvchining nomidan yoki tovar belgisidan (shunga o‘xshatib) yoxud tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish yoki o‘tkazish; mualliflik va turdosh huquqlarni buzish; ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzish; |
2. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi | oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va realizatsiya qilish joylarida hasharot va kemiruvchilarning mavjudligi; oziq-ovqat mahsulotini ushbu maqsadga mo‘ljallanmagan joyda tayyorlash, saqlash va sotish; sifati buzilgan oziq-ovqat mahsulotini sotish; oziq-ovqat tayyorlash va sotish joyining sanitariya holati o‘ta qoniqarsiz holatdaligi; |
3. | Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi | savdo obyekti tomonidan sotuvga qo‘yilgan tovarga narxnoma qo‘yilmaganligi; sotuvga qo‘yilgan tovarning narxi kassa chekidagi narxdan farq qilishi; yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish; dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qo‘ygan holda sotish; ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart bo‘lgan tovarlarni bunday talablarga rioya etmasdan sotish; |
4. | Ichki ishlar vazirligi | sifatsiz yoki kontrafakt dori vositasilari va tibbiy buyumlarni sotish; qalbaki, sertifikati bo‘lmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish; retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni retseptsiz sotish; |
5. | Soliq qo‘mitasi | qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish; majburiy raqamli markirovka kodi bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotini sotish; ruxsati bo‘lmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish; sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish; |
6. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi | iste’molga yaroqsiz go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki sotish; go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini veterinariya ekspertizasidan o‘tkazmasdan realizatsiya qilish; go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini belgilanmagan joylarda sotish; go‘sht va go‘sht mahsulotlarini belgilanmagan transport vositalarida tashish. |