Жавоб
Ushbu norma yangi tahrirdagi Soliq kodeksida investitsiyaviy chegirma koʻrinishida berilishi va foyda soligʻi soliq solish bazasidan bir marta investitsiyaviy xarajatlarning turlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha miqdorda chegirilishi belgilangan: (SKning 308-moddasi)
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminotini sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 10 foizi miqdorida;
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasining 5 foizi miqdorida.