Boshliq: Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna | ||
Telefon: 71 244-98-09 (01355) | ||
Faks: 71 244-98-09 | ||
E-mail: g.mukaddasova@soliq.uz |
ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, shu jumladan, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
ish yuritish hujjatlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;
davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.
Boshliq: Raxmanov Elyor Baxtiyorovich | ||
Telefon: 71 244 98 09 | ||
Faks: 71 244 98 09 | ||
E-mail: elyor.raxmanov@soliq.uz |
soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlash;
soliq toʻlovchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatish sohasida:
yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻi ekspluatatsiyasini tashkil etish;
dasturiy mahsulotlarni joriy etish va takomillashtirish boʻyicha shuningdek, tarkibiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan biznes talablar asosida texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;
dasturiy mahsulotlarni joriy etish va takomillashtirish;
davlat soliq xizmati organlarida innovatsiyalarni joriy etish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning soliq xizmatlari bilan axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash;
Qoʻmita Raisiga interaktiv axborot xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflar kiritish;
Davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
Boshliq: Narziyev Yigitali Shodmonovich | ||
Telefon: 71 244-98-37 | ||
Faks: 71 244-98-37 | ||
E-mail: yigitali.narziev@soliq.uz |
Departament faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi;
Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
boshqarma, bo‘lim boshliqlari va xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, shuningdek departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish miqdorlari va shakllarini belgilangan tartibda aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Departament direktori o‘z yo‘nalishi bo‘yicha quyi turuvchi hududiy bo‘linmalarning ishlarini muvofiqlashtiradi, hisobotlarini qabul qiladi va faoliyati ustidan monitoring olib boradi;
Departament direktori hududiy davlat soliq organlariga borgan holda o‘z vakolatiga kiradigan ishlarning joylarda to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularning bartaraf etilishini nazorat qiladi va kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab beradi;
vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va soliq solish masalalari bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli takliflarini ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Departament direktori o‘ziga yuklatilgan vazifalarni Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy davlat soliq xizmati organlari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qo‘mita tarkibidagi davlat unitar korxonalari va ta’lim muassasalari, shuningdek, davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tijorat banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.
Departament direktoriga tarkibiy tuzilma Nizomidan kelib chiqqan holda boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.
Soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;
vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va soliq solish masalalari bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli takliflarini ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solish bo‘yicha maslahatlar berish borasida tizimli ishlarni tashkil etish va ushbu yo‘nalishda yagona siyosatni yuritilishini ta’minlash;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va soliq solish masalalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari xodimlariga va soliq to‘lovchilarga rasmiy tushuntirishlar berilishini ta’minlaydi;
quyi turuvchi hududiy bo‘linmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va va mazkur yo‘nalishda ularning faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshiradi.
Boshliq: Valiyev Alisher Saidaminovich | ||
Telefon: 71 244-98-36 | ||
Faks: 71 244-98-36 | ||
E-mail: alisher.valiyev@soliq.uz |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini oshirish uchun zaxiralarni aniqlash jarayonlarini bevosita muvofiqlashtirish, yoʻlga qoʻyish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish uchun ragʻbatlantirish, xufyona iqtisodiyot sektorini qonunlashtirishga qaratilgan soliqqa tortishning tizimli nazoratini taʼminlaydi.
Hududiy soliq organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni nazorat qilib boradi. Ishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olish, soliq nazorati boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini amaliyotga qoʻllash yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritib boradi.
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq tekshirishlar oʻtkazilishini takomillashtirish maqsadida, koʻrsatmalar, meʼyoriy yoʻriqnomalar va qoʻllanmalar tayyorlashda ishtirok etadi;
Departament xodimlarini lavozimga tayinlash, boshqa lavozimlarga oʻtkazish, lavozimidan ozod etish va ularni mukofotlash, shuningdek ishdagi xato va kamchiliklari yuzasidan chora koʻrish uchun soliq qoʼmitasi rahbariyatiga taklif kiritadi;
Departament xodimlari tomonidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha quyi turuvchi boʻlinmalarning ishlarini muvofiqlashtirish, hisobotlarini qabul qilish va faoliyati ustidan monitoring olib borilishini nazorat qiladi;
hududiy soliq organlariga borgan holda oʻz vakolatiga kiradigan ishlarning joylarda toʻgʻri tashkil etilishini taʼminlaydi, mavjud muammolarni aniqlab, ularning kelib chiqishini oldini olish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab beradi.
Departament faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi hamda ularga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi;
Departament direktori oʻrinbosari va xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;
Shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga oʻtkazish va ishdan boʻshatish, boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam koʻrsatish, shuningdek zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini taʼminlamagan xodimlarga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida Qoʻmita rahbariyatiga takliflar kiritadi;
Departamentning hududlardagi quyi tuzilmalarining amalga oshirgan nazorat tadbirlarining natijalari boʻyicha hisobotlarni avtomatlashtirgan holda tayyorlash, maʼlumotlar bazasini yaratish dasturini ishlab chiqilishi yuzasidan tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi va dasturiy mahsul maʼlumotlar bazasining doimiy takomillashtirib borishini nazorat qiladi;
Soliq tekshiruvlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni tahlil qilish orqali soliq tekshiruvlarini oʻtkazish;
Oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda boshqa qonun va normativ hujjatlarni, Qoʻmita Hayʼatining qarorlari, Qoʻmitaning ichki normativ hujjatlari va ushbu Nizom ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi, shuningdek, ular ijrosining monitoringi va nazoratini amalga oshirish;
Departament tomonidan vazifa va funksiyalari bajarilishida xufiyona iqtisodiyotni yuzaga kelishi va korrupsiya holatlarini oldini olish boʻyicha tegishli, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuvini hal etish choralarini koʻrish.
Boshliq: Babayev Farrux Mansurovich | ||
Telefon: 71-244-97-89 | ||
Faks: 71-244-97-89 | ||
E-mail: farrux.babayev@soliq.uz |
Davlat soliq xizmati organlari hamda Qo‘mita tarkibidagi davlat unitar korxonalari va ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlar deb ataladi) davlat moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish.
Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarda soliq qonunchiligi nazoratini tashkil etilishi va funktsional vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etilishi va takroran yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan takliflar kiritish.
Har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasining byudjet va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshirish.
Zarur hollarda Qo‘mita rahbariyatining alohida ko‘rsatmasi yoki topshirig‘iga asosan Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini navbatdan tashqari taftishdan o‘tkazish.
Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan tahlillar o‘tkazib borish.
Xodimlar tomonidan funktsional majburiyatlar qay darajada ijro etilayotganligini, soliq qonunchiligi nazoratini tashkil etishda hamda boshqa majburiyatlarni bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
Qo‘mita tarkibidagi organlar va tashkilotlar faoliyatida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlar to‘g‘risida shikoyat, ariza, taqdimnoma va boshqa ma’lumotlar kelib tushganda ushbu holatlar yuzasidan tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazish.
O'tkazilgan tekshirish (taftish) va o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishining oldini olish bo‘yicha tegishli davlat soliq xizmati organlari tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat qilish.
O'tkazilgan tekshirish (taftish) va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan tizimli ravishda yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarlik va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan takliflar kiritish.
Boshliq: Qurbanov Ziyodaddin Raximovich | ||
Telefon: 71-244-98-77 | ||
Faks: 71-244-98-77 | ||
E-mail: ziyodaddin.kurbanov@soliq.uz |
Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq obeyktlari hamda soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarini hisobga olish.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini yuritish.
Soliq to‘lovchilarga soliqlarni hisoblab chiqarish, hisobotlarni taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan salbiy farq summasini qaytarish.
Xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda qo‘shilgan qiymat va resurs soliqlari ma’murchiligi sifatini yanada oshirish va takomillashtirib borish.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda qo‘shilgan qiymat va resurs soliqlari ma’murchiligi amalga oshirish doirasida hududiy soliq organlari tomonidan bajariladigan ishlarni tashkillashtirish, nazorat qilish va ushbu yo‘nalishda yagona siyosat tizimini joriy qilish.
Soliq organlarini xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi va ularning qoniqish darajasini oshirishni ta’minlash.
Faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan
o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshirish.
Soliq to‘lovchilarning soliq solish tartibini belgilash hamda soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash.
Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan elektron shakldagi soliq
va moliyaviy hisobotlari, auditorlik xulosalarini qabul qilib olish va ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlash.
Yuridik shaxslarning qayd etilgan manzilda joylashganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazishni tashkillashtirish va natijasi bo‘yicha chora ko‘rish uchun ma’lumotlarni tegishli tuzilmaga yetkazilishini nazorat qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risida kadastr idoralaridan kelgan ma’lumotlarni soliq organlarida ma’lumotlar bazasida shakllanishi, ma’lumotlarni to‘liqligi va ishonchligini doimiy o‘rganib borish hamda soliqlarni to‘liq hisoblanishini nazorat qilib borish.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sub’ektlarni hisobga olinishi va hisobini yuritilishi, ularning faoliyat turiga mos kelishini o‘rganilishi va faoliyat turiga mos kelmagan holatlarni qonuniylashtirish choralarini ko‘rilishini nazorat qilish.
Soliq to‘lovchi jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlarini qo‘llash yuzasidan ma’lumotlarni dasturiy mahsulga kiritilishi, hisobini yuritilishi va to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilish.
Suv resurslarini hisobga oluvchi organlarning ma’lumotlariga asosan tadbirkorlik faoliyatida suv resurslaridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qilish.
Ko‘chmas mulkni ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga olinishini tashkillashtirish va jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarini hisobini yuritilishi hamda belgilangan tartibda soliqlarni hisoblanishini ta’minlash.
Soliq hisobotlarini taqdim etmagan yoki muddatida taqdim etmagan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish uchun ro‘yxatni tegishli tuzilmaga taqdim etilishini nazorat qilish.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxona va tashkilotlarni tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirilishi va ularni hisobini yuritilishini nazorat qilish.
Fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida hisobga olinishi va yaratilgan yangi ish o‘rinlari hisobini yuritilishini ta’minlash.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilishini ta’minlash.
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishi, soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq ushlab qolinishi va o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatish.
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlaridan davlat bojlari tushumlari yuzasidan hisobot-kitoblarni taqdim etilishi va ularning hisobini yuritilishini ta’minlash.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning xalqaro tajribalar asosida zamonaviy usullarini ishlab chiqish va ushbu sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish tizmini takomillashtirib borish.
Soliq va moliyaviy hisobot shakllarini soddalashtirish, soliq hisobotlarida ma’lumotlarni avtomatik ravishda shakllanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali soliq to‘lovchilarga qulay sharoit yaratish va ularga belgilangan soliq majburiyatlarini bajarishlarida amaliy yordam ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqishda qatnashish.
Soliq organlarida “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarilishi va soliq to‘lovchilarga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash.
“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qilib borish mexanizmi, hisobot shakllari va natijadorligini baholab borish tizimini yaratish.
Soliqlarning davlat va jamiyatdagi tutgan o‘rni va ahamiyati haqida targ‘ibot ishlarini olib borgan holda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishlari, shuningdek soliq madaniyatini oshirish tadbirlarini olib borish.
Soliqlarlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini qisqartirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va erkinlashtirish, soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
Tarkibiy tuzilmaga yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish va qo‘mita rahbariyatiga o‘z faoliyatida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlar kiritib borish.
Boshliq: Xo‘jaqulov Ramshid Yunusovich | ||
Telefon: 71 244-97-15 | ||
Faks: 71 244-97-15 | ||
E-mail: ramshid.xujaqulov@soliq.uz |
Davlat soliq xizmati organlarida Davlat byudjetiga tushumlarni prognozlashtirish bo‘yicha yagona uslubini ishlab chiqish.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni prognozlashtirish.
Davlat budjeti daromadlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlanishini nazorat va tahlil qilish.
Soliq to‘lovlari va tushumlari statistikasini olib borish.
Ortiqcha to‘langan soliqlar va yig‘imlar hisobini yuritish.
Soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini ta’minlash.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni prognozlashtirish mexanizmi va dasturiy mahsulini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Hisobot davrida (oy, chorak, yil) budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga kutilayotgan tushumlarni hisob-kitob qilish va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilmaslik xavfini oldini olish uchun tegishli tuzilmalarga topshiriqlar chiqarish.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali tushumlarni ko‘paytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Moliya vazirligi bilan hamkorlikda tushumlar hisobining Davlat byudjeti daromadlar tasnifiga mos yuritilishini ta’minlash.
Davlat reestridan chiqarilgan korxonalarning soliq qarzlari yoki ortiqcha to‘lovlarini qisqartirish borasida boshqa tuzilmalarni jalb qilgan holda bartaraf qilinishini ta’minlash.
Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilishini ta’minlash.
Boshliq: Abdukarimov Xurmat Matyakubovich | ||
Telefon: 71-244-98-75 | ||
Faks: 71-244-98-75 | ||
E-mail: xurmat.abdukarimov@soliq.uz |
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq qarzini majburiy tartibda undiruvga qaratish borasida tadbirlarni amalga oshirish.
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etishda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash.
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish borasidagi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda ushbu yo‘nalishda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib va tamoyillarni amaliyotga joriy etib borish.
hududiy davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzini majburiy tartibda undirish yo‘nalishida o‘rganishlar o‘tkazish va amaliy yordamlar ko‘rsatish.
Insofli soliq to‘lovchilarga soliq ta’tili berilishini ta’minlash.
Vazirliklar va idoralar, hududlar, sohalar hamda soliq turlari kesimida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklar hisobini yuritish.
Soliq qarzining tarkibi, dinamikasi, hosil bo‘lish sabablari va davri hamda uning o‘sish sur’atlarini tahlil qilish.
Soliq to‘lovchilarga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomalarni etkazilishi ta’minlash.
Soliq qarzini undirish maqsadida soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlariga to‘lov topshiriqnomalarini yoki inkasso topshiriqnomalarini belgilangan muddatlarda to‘liq qo‘yilishini ta’minlash.
Soliq qarzini majburiy tartibda undiruvini soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish choralarini ko‘rish.
to‘lov muddati uzaytirilgan soliq qarzi hisobini yuritadi vabelgilangan tartibda undirish choralarini ko‘rish.
Soliq qarzi undiruvini soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish uchun sudga arizalar kiritilishini ta’minlash.
Bankrotlik ishini ochish yuzasidan kiritilgan arizalar bo‘yicha sud jarayonlarida hamda bankrotlik jarayonida kreditor sifatida ishtirok etish, shuningdek kreditorlar yig‘ilishida bankrotlik jarayonining olib borilishi bo‘yicha davlat (byudjet) manfaatlarini himoya qilish.
Bankrotlik jarayonida tugatish boshqaruvchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi 224-sonli “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori talablariga muvofiq xulosalar kiritilishini kreditor sifatida nazorat qilish va hisobini yuritish.
Umidsiz soliq qarzini hisobini yuritish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘radi hamda hisobini yuritish.
Barcha pog‘onadagi davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzini majburiy tartibda undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarning yagona shakl va tartiblar asosida yuritilishini hamda ushbu tadbirlar hisobini avtomatik tarzda yurituvchi dasturiy mahsulotni ishlab chiqib amaliyotga joriy qilinishini ta’minlash.
Soliq qarzini to‘lashdan qochish sxemalarini aniqlash vaoldini olish borasida aniq chora-tadbirlar belgilash.
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish, umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish, to‘lov muddatini uzaytirish hamda bankrotlikka doir ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning to‘laqonligi o‘tkazilayotganligi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazish, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etilishini ta’minlash.
Soliq to‘lovchilarning murojaatlariga asosan belgilangan tartib asosida ularga soliq ta’tillarini berish va hisobini yuritish.
Boshliq: Jurayev Odiljon Alimovich | ||
Telefon: 71 244-83-15 | ||
Faks: 71 244-83-15 | ||
E-mail: odiljon.jurayev@soliq.uz |
Departament faoliyatiga rahbarlik qilish, ishni tashkil etish va departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob berish;
departament xodimlari tomonidan tayyorlangan tahlil va ma’lumotlarni tegishli xulosalar bilan yakuniy umumlashtirish;
departament xodimlariga beriladigan mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar koeffitsientlari, rag‘batlantirish hamda moddiy yordam miqdori va shakllari bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini ta’minlamagan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida qo‘mita rahbariyatiga takliflar kiritish;
soliq organlariga biriktirilgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirib borish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish;
davlat dasturlari, chora-tadbirlar hamda davlat va hududiy investitsiya dasturlari bajarilishini nazorat va monitoring qilish;
faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshiradi;
departament direktori tarkibiy tuzilma Nizomidan kelib chiqqan holda boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.
Departament faoliyatiga rahbarlik qiladi va ishni tashkil etadi;
departament direktorining o‘rinbosari va xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini ta’minlamagan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida qo‘mita rahbariyatiga takliflar kiritadi;
departament faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, idoraviy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda ularni takomillashtirib borish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
departamentga ijro uchun kelib tushadigan Hukumat topshiriqlari, rahbariyat topshiriqlari, soliq organlaridan kelib tushadigan xatlarni ko‘rib chiqish, ularni ijro etish bo‘yicha departament direktorining o‘rinbosari va xodimlar o‘rtasida taqsimotni ta’minlaydi va ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi;
qo‘mita rahbariyatiga departament faoliyati to‘g‘risida ma’lumot va takliflar hamda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlar berib boradi.
soliq organlariga biriktirilgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirib borish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va bajarilmagan tadbirlarni aniqlash, bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Boshliq: Lukmanov Kaxramon Abduraxmanovich | ||
Telefon: 71 244-97-57 | ||
Faks: 71 244-97-57 | ||
E-mail: kaxramon.lukmanov@soliq.uz |
Quyidagilar departament direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
departamentga rahbarlik qiladi, departamentda ish faoliyatni tashkil etadi, vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
xodimlarga beriladigan mukofotlar, toʻlovlar, ustamalar boʻyicha hamda xodimlarga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, loyihalar, takliflar ishlab chiqilishiga rahbarlik qiladi;
soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkillashtiradi;
qoʻmita Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uzluksiz ishlashini tashkil qiladi;
Departament direktoriga departament Nizomidan kelib chiqqan holda boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.
Departament direktori ishda boʻlmagan vaqtda uning vazifasini direktor oʻrinbosari bajaradi.
Departament direktori oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
departamentga rahbarlik qiladi, departamentda ish faoliyatni tashkil etadi, vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yoʻnalishida:
departamentga ijro uchun kelib tushgan topshiriqlar, xatlar, murojaatlar va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, ularni oʻzaro taqsimlaydi, belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi;
bevosita oʻzi ijrosidagi topshiriqlarni departament hamda qoʻmitaning boshqa tuzilmalari xodimlari bilan hamkorlikda bajarilishini taʼminlaydi;
muammoli va murakkab topshiriqlar ijrosini taʼminlashda xodimlarga koʻmaklashadi, zarurat tugʻilganda ularni Rahbariyat bilan maslahatlashgan holda koʻrib chiqadi;
xodimlarga beriladigan mukofotlar, toʻlovlar, ustamalar boʻyicha hamda xodimlarga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish yoʻnalishida:
departament xodimlariga beriladigan mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama koeffitsiyentlari, ragʻbatlantirish hamda moddiy yordam miqdori va shakllari boʻyicha belgilangan tartibda rahbariyatga takliflar kiritadi;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini taʼminlamagan departament xodimlariga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida rahbariyatga takliflar kiritadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, loyihalar, takliflar ishlab chiqish yoʻnalishida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, loyihalar, takliflar ishlab chiqish va takomillashtirish choralarini koʻradi, rahbarlik qiladi;
vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqilishiga rahbarlik qiladi;
qoʻmitaning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda axborot tizimlarini sozlash va ishga tushirish yuzasidan uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻnalishida:
soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkillashtiradi;
qoʻmitaning tegishli tuzilmalari bilan hamkorlikda soliq toʻlovchilar va soliq obyektlariga oid axborotlarni qabul qilish, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini koʻradi;
Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar qayta ishlash markazini modernizatsiyalash jarayonlarini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
soliq organlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruvni takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari turlarini kengaytirishda bevosita ishtirok etadi;
qoʻmita Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uzluksiz ishlashini tashkil qilish yoʻnalishida:
Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uzluksiz ishlashini hamda maʼlumotlar bazalarining arxiv nusxalari koʻrinishida yuritilishini Rahbariyat va Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi direktori bilan birgalikda tashkil qiladi;
qoʻmitaning axborot tizimlari va interaktiv xizmatlarining texnik jihatdan uzluksiz ishlashini tashkillashtiradi va nazorat qiladi;
hududiy soliq organlariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshirish yoʻnalishida:
yuklatilgan vazifalarni hududiy soliq organlari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida vertikal nazoratni amalga oshiradi.
departamentning hududiy boʻlinmalari boshliqlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish yuzasidan rahbariyatga tavsiyalar kiritadi.