shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Xuddi shunday vaziyat xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishda ham yuzaga keladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan huddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasidagi chet ellik investorlarning xorijiy sarmoyalari va boshqa aktivlari “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoya qilinadi va milliylashtirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:
Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
— 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;
— 3 mln. AQSh dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;
— 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.
Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi asosiy o‘zgarishlar va yangiliklar
Soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan
keng ko‘lamli ishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi
O’RQ-599-son qonuni bilan Soliq kodeksining yangi tahriri qabul qilindi.
Yangi Soliq kodeksi soliq qonunchiligini maksimal darajada
soddalashtirish (soliq va yig’im turlari va miqdorlarini optimallashtirish), qarama-qarshiliklar
va nizolarni bartaraf etish (havolali normalarning va qonunosti hujjatlarining cheklanishi),
halol soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish,
Shuningdek, soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirishni ko’zda tutadi.
Yangi Soliq kodeksining asosiy hususiyatlari:
1. Soliq imtiyozlarini berish qoidalari qayta ko‘rib chiqilib,
unga muvofiq soliqlarni to‘lashdan
to‘liq ozod etish faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Shu
bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliq imtiyozlari (QQS, tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar) uchun
aksiz solig’i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) faqat belgilangan stavkani 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda pasaytirish
shaklida, uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga
berilishi mumkin.
2. Soliq qarzini soliq to‘lovchining debitorlari mablag’lari hisobidan
majburiy undirish chorasi bekor qilindi.
3. Soliq organlarining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha
undirilgan soliqlarni o’z vaqtida qaytarilmaganligi uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanktsiyalar ushbu summalarni undirish (to‘lash)
davrida amalda bo‘lgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi asosida
hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi.
4. Soliq majburiyati bajarilishini ta’minlashning
mol-mulk garovi, bank kafolati va kafillik ko’rinishidagi yangi shakllari o’rnatildi.
5. Soliq organlariga taxlika-tahlil tizimiga asoslangan
kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditini tayinlash huquqini
beradigan soliq nazoratini o’tkazishning yangi tartibi nazarda tutilgan.
6. Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi aniqlashtirldi,
shuningdek javobgarlik choralari soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqqan holda
belgilanadigan bo‘ldi.
7. Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari (yirik soliq to‘lovchilar, eksportyorlar, bank
kafolati taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasi tuzganlar)
uchun 7 kun davomida QQSni qaytarishning tezlashtirilgan tartibi belgilandi.
8. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy
diplomatik va unga tenglashtirilgan vakolatxonalariga amaldagi nol stavka o’rniga
QQSni qaytarish tizimi joriy etildi.
9. Xorijiy sayyoxlar uchun “Tax free” tamoyili bo‘yicha
QQS ni qaytarish tartibi joriy etilmoqda.
10. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va soliq
to‘lovchilarning alohida toifalarini soliqqa tortish xususiyatlari inobatga olinib,
unda soliq solish shartlari, shuningdek soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi batafsil
aks ettirildi.
11. Transfert narxlarning shakllanishi va nazorat
qilinadigan xorijiy kompaniyalar, shuningdek, soliq to‘lovchilarning kontsolidatsiyalashgan
guruhi uchun soliq solishning normalari kiritildi (2022 yil 1 yanvardan
qo‘llaniladi).
12. Elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy
yuridik shaxslarga soliq solish tartibi nazarda tutilgan.