Ommaviy axborot vositalari vakillarining Hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etishi
Hay’at yig‘ilishlarida
ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirok etishi mumkinligi va zarurligini
Soliq qo‘mitasi raisi ijro etuvchining taklifi bo‘yicha belgilaydi.
Ommaviy axborot vositalari
vakillarini taklif etish bo‘yicha tashkiliy ishlar va ular uchun axborot materiallarini tayyorlash Soliq qo‘mitasining Jamoatchilik
bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ommaviy axborot vositalari
uchun axborot materiallari Hay’at yig‘ilishiga tayyorlangan materiallarga zid bo‘lmasligi
kerak. Mazkur hujjatlarga Ijro etuvchi, Hay’atning mas’ul kotibi viza qo‘yadi va Soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishiladi.
Ommaviy axborot vositalari
vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazishni Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot
bo‘limi Soliq qo‘mitasi rahbariyatini xabardor qilgan holda Tashkiliy-inspektorlik
boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ommaviy axborot vositalari
vakillariga ish materiallari va Hay’at yakuniy materiallarining loyihalari berilmaydi.
Soliq qo‘mitasi Hay’ati o‘z faoliyatida amaldagi qonunlarga muvofiq qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga, yuqori turuvchi davlat organlariga bo‘ysunish va hisobdorlik, boshqarishni markazlashtirish
tamoyillariga amal qiladi.
2022-yilning I yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan Hay'at majlisi