Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

1981-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

2000-yilda Farg‘ona politexnika institutini bakalavr bosqichini,

2002-yilda magistraturani tamomlagan.

2002-2007 yillarda Farg‘ona politexnika institutida ishlagan.

2007-2010-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida faoliyat yuritgan.

2010-2012 va 2015-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ishlagan.

2012-2015-yillarda Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori.

2016-2018-yillarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi.

2018-2019-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.

2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.

2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi.

2023-yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri.

2023-yil avgust oyidan Soliq qo‘mitasi raisi.

Soliq qoʻmitasi Raisining 2024-yildagi ish rejasi asosiy yoʻnalishlari 


Soliq qoʻmitasi Raisining umumiy ish majburiyatlari

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

- Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, tegishli qonun hujjatlari bilan Qo‘mita zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

- Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

- Qo‘mita faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlarini ijro etish;

- o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Qo‘mita faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

- Qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qo‘mita va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning ta’sirchan tizimini yaratish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;

- Qo‘mita xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;

- Qo‘mita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan vakant rahbar lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash;

- faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

- Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat bo‘lganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

- Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);

- Qo‘mita rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘la muvofiq ravishda bajarish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

- o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mitaning hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

- Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli choralarni amalga oshirish;

- Qo‘mita xodimlari tomonidan Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xodimlarning odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

- qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

- Qo‘mita, Hududlararo inspeksiya, davlat soliq xizmatining hududiy organlari va tasarrufidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

- aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda, shu jumladan “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Qo‘mita xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushadigan murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

- davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

- zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;

- Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq xizmatining hududiy organlari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tasarrufidagi tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

- Qo‘mita markaziy apparati, Hududlararo inspeksiyaning shtatlar jadvalini tasdiqlash;

- Qo‘mita xodimlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari Ichki audit boshqarmasi va O‘z xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari xodimlarini, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari boshliqlari, Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari, Hududlararo inspeksiya O‘z xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;

- Qo‘mita hay’ati va markaziy apparati majlislarini boshqarish;

- Qo‘mita va davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlarni tasdiqlash hamda ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning belgilangan tartibda ijro etilishini nazorat qilish;

- davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

- davlat soliq xizmati organlari tizimidagi xodimlar va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga bilan taqdirlashga taqdim qilish va tavsiyalar berilishini ta’minlash;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati organlarining manfaatlarini ifodalash.

- bo‘ysunuvchi tashkilotlarning xodimlari sonini aniqlash, ularning tuzilmasi, shtat birligi, shu jumladan, boshqaruv xodimlari, ish haqi fondi, xarajatlar smetasi, transport vositalarining me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish. 

Mubin Muxidinovich Mirzayev 1969-yil Buxoro viloyatida tug’ilgan.

1993-yili Toshkent davlat universitetini matematika mutaxassisligi, 2001-yili Toshkent moliya institutini moliya mutaxassisligi, 2002-yili Yaponiya siyosiy fanlar milliy institutini iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan.

M.M. Mirzayev mehnat faoliyatini 1993-yilda Toshkent davlat universitetida boshlagan.

1994-1996-yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti tadqiqotchi-stajori, aspiranti, 1996-2008-yillarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ikkinchi toifali iqtisodchisi, birinchi toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi, bo’lim boshlig’i, departament direktori o’rinbosari – boshqarma boshlig’i, departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2008-yildan 2017-yilgacha O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, 2017-yildan 2018-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimida samarali mehnat qilgan.

2018-yilning dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Rus va ingliz tillarini biladi.

M.M. Mirzayev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi unvoniga ega.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Soliq xizmati organlarining oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va ijrosi ustidan monitoring olib borish ishlarini tashkil qiladi;

soliq maʼmurchiligi va soliq siyosatini yanada takomillashtirish boʻyicha ilgʻor xorij tajribasini oʻrgangan holda takliflar tayyorlashni tashkil qiladi;

soliq organlarining biznes-jarayonlarini optimallashtirishni tashkil qiladi va uni samarali ishlashini nazorat qiladi;

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash hamda xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy integratsiya qilish masalalari boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirib borishni nazorat qiladi;

soliqqa oid huquqbuzarlik xavflarini tahlil qilish, soliq toʻlovchilar va soliq xavflarini segmentlash, aniqlangan huquqbuzarlikni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan monitoring ishlarini nazorat qiladi;

iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatini, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilish hamda yashirin iqtisodiyotning kelib chiqish sabablarini oʻrgangan holda takliflar tayyorlashni tashkil qiladi;

soliqlar va yigʻimlarni ixtiyoriy toʻlash darajasini oshirish yuzasidan olib boriladigan monitoring ishlarini nazorat qiladi;

byudjet-soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashib, soliq tushumlarini, hududlar, soliq turlari va soliq toʻlovchilar kesimida prognoz qilish va byudjet prognozi bajarilishini, soliq tushumlari byudjetga oʻz muddatida, toʻgʻri va toʻliq tushishini tahlil va nazorat qiladi;

soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida soliq toʻlovchilar boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlar statistikasini yuritishni nazorat qiladi;

soliq toʻlovchilarning shaxsiy hisobvaraqlari toʻgʻri va toʻliq yuritilishini monitoring qilish ishlarini nazorat qiladi;

soliq tekshiruvlari natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni sudgacha koʻrib chiqish, ushbu shikoyatlarning hisobini yuritish hamda vertikal nazoratni amalga oshirish ishlarini nazorat qiladi;

yirik soliq toʻlovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan soliqlar va yigʻimlarning toʻliq tushishini taʼminlashni nazorat qiladi;

yirik soliq toʻlovchilar faoliyatida soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi boʻyicha soliq nazoratini tashkil etish, soliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha oʻzaro hamkorlik asosida servis-texnik xizmat koʻrsatish ishlarini nazorat qiladi.

soliq sohasiga yoʻnalishlarda mavjud muammoli masalalarni hal etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlanishiga rahbarlik qiladi;

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam shaxsiy qabullar oʻtkazadi, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilishni tashkil qiladi.

Alimjan Elchiyevich Fayzibayev 1963-yil Toshkent shahrida tug’ilgan.

1985-yili Toshkent davlat universitetini matematika fani o’qituvchisi mutaxassisligi, 1997-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutini injener-iqtisodchi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

A.E. Fayzibayev mehnat faoliyatini 1985-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida boshlagan.

1995-yildan 2001-yilgacha Mirzo Ulug’bek tumani davlat soliq inspektsiyasi bo’lim boshlig’i, boshliq o’rinbosari, boshliq lavozimida faoliyat yuritgan.

2001-2002-yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani, 2002-2007-yillarda Toshkent shahar Mirobod tumani, 2007-2013-yillarda Toshkent shahar Shayhontohur tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i lavozimida faoliyat olib borgan.

2013-yildan 2017-yilgacha “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasining Kapital qurilish direktsiyasi qoshidagi “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi boshlig’ining ishlab chiqarish bo’yicha maslahatchisi sifatida mehnat qilgan.

2017-2018-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-yil iyun oyidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi raisi o’rinbosari sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Rus va ingliz tillarini biladi.

A.E. Fayzibayev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi unvoniga ega.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etib, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rgangan holda soliq tekshiruvlarini samarali usullarini joriy etilishini tashkil etadi. Bunda inson omilini kamaytirish maqsadida soliq organida mavjud dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini takomillashtirish ishlarini tashkil qiladi.

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini taʼminlaydi.

Soliq to‘lovchilar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish yuzasidan va tashqi savdo operatsiyalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.

Soliq to‘lovchilar o‘rtasida profilaktika ishlarini tizimli ravishda o‘tkazish orqali soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish ishlarini tashkil qiladi.

Soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanayotgan barcha turdagi soliq va yig‘imlar bo‘yicha soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirib, muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditini sifatli o‘tkazilishini taʼminlab, byudjetga qo‘shimcha soliqlar hisoblanishini nazorat qiladi. Kameral soliq tekshiruvi bo‘yicha ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimining samarali ishlashini taʼminlaydi.

Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchilarda “Tahlika-tahlil” tizimiga asoslangan soliq auditlarini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yib, uni samarali ishlashini nazorat qiladi.

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilganligi yuzasidan olib boriladigan monitoring ishlarni nazorat qiladi.

O‘zaro aloqador taraflar o‘rtasidagi bitimlarda ko‘rsatilgan transfert narxni belgilashda soliq nazoratini tashkil etadi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va soliq solish masalalari bo‘yicha soliq organlari xodimlariga va soliq to‘lovchilarga rasmiy tushuntirishlar berilishini tashkil qiladi.

Import operatsiyalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomala uchun chiqarish» rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish yoki import kontraktlari bo‘yicha ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarishni taʼminlamaganlik holatlarining tahlili va ularning qisqartirilishini tashkillashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamda Majburiy ijro byurosi organlari bilan soliq organlari tomonidan taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar hamda jinoyat haqidagi materiallar yuzasidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida o‘zaro taqqoslov dalolatnomalarining tuzilishini nazorat qiladi.

Xufiyona iqtisodiyot sohasida shubhali operatsiyalarni aniqlash, jinoyat alomatlari mavjud materiallarni tegishliligi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlariga yuborish tartiblariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Faoliyatiga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlarda mavjud muammoli masalalarni hal etishda maqsadida, normativ huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va (yoki) mavjud normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish yuzasidan takliflar tayyorlanishida rahbarlik qiladi. Soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasining takomillashtirish ishlarini tashkil qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etadi. Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yib, muntazam shaxsiy qabullar o‘tkazadi.

Abdiyev Jaxongir Ibragimovich 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Jaxongir Abdiyev mehnat faoliyatini 2005 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shahslarni soliqqa tortish va deklaratsiyalashtirish sho‘basi inspektori sifatida boshlagan.

2005-2010-yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektor lavozimida ishlagan.

2010-2014-yillarda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘limi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish sho‘basi davlat soliq katta inspektori bo‘lib ishlagan.

2014-2020-yillarda Davlat soliq qo‘mitasida davlat soliq bosh inspektori, bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i sifatida ishlagan.

2020-2021-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Abdiyev Jaxongir Ibragimovich 2021 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

J.I.Abdiyev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi unvoniga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish hamda ijrosini taʼminlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish, tuzilmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish, ularning qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarning faoliyat sohasiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash.

2000-2005 yillarda Xorazm viloyati Xiva tumani 39-son maktabda, 2005-2006 yillarda Xiva kasb-hunar kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tinglovchisi bo‘lgan. 
2008-yildan 2024-yilgacha harbiy xizmatda.  
2024-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq tizimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya va mansab suiisteʼmolchiligiga holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish borasidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq organlari bilan korrupsiya holatlariga barham berish, ularni oldini olish boʻyicha tajriba almashish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tizimdagi obyektlarning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi, fuqaro muhofazasi, safarbarlikka tayyorgarlik yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish;

boshqaruv tarkibi kadrlarini tayyorlash, saralash va joylashtirish ishlariga rahbarlik qilish;

ochiqlik va shaffoflikni taʼminlagan holda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni rejalashtirish, boʻlinmalarni munosib mutaxassislar bilan toʻldirish manbalarini belgilash;

zamonaviy menejment uslub (yoki metod)larini yaxshi biladigan va bozor (iqtisodiyoti) sharoitida samarali ishlashga qodir boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

tashkiliy tuzilmalardagi ish yurituv hujjatlarining ijrosi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish;

davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat idora (organ)lari bilan barcha masalalar boʻyicha hamkorlik qilish (yoki oʻzaro uygʻun faoliyat koʻrsatish.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil II chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring