O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4879-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, moliyaviy
nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, iqtisodiyotda axborot
texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental
hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini taʼminlaydigan oliy taʼlim
muassasasi hisoblanadi.
Institut quyidagi taʼlim turlari asosida o‘qitishni amalga oshiradi:
bakalavriat – taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar
beruvchi, o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy taʼlim
bosqichi bo‘lib, kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki shakllarda amalga
oshiriladi va uni tamomlaganlarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra
bakalavr darajasi hamda davlat namunasidagi diplom beriladi;
magistratura – bakalavriat negizida muayyan mutaxassislik bo‘yicha fundamental
va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati bir yildan kam bo‘lmagan oliy
taʼlim bosqichi bo‘lib, uni tamomlaganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi;
malaka oshirish – soliq qo‘mitasining buyurtmasi asosida soliq
xizmati organlari xodimlari uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslari;
qayta tayyorlash – soliq qo‘mitasining buyurtmasi asosida soliq
xizmati organlariga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun tashkil
etiladigan o‘quv kurslari;
ikkinchi taʼlim – soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan boshqa
mutaxassislikka ega oliy maʼlumotli bo‘lgan xodimlarni shartnoma asosida bir
yillik soliq va soliqqa tortish yo‘nalishida o‘qitish;
pullik taʼlim xizmatlari – xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar buyurtmasi asosida
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha shartnoma asosida tashkil etiladigan taʼlim
xizmatlari.
Institut tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya
universitetining fakulteti tashkil etilgan.
Institut huzurida Farg‘ona, Buxoro va Toshkent soliq texnikumlari
tashkil etilgan.
Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
soliqqa
tortish, moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat hamda magistratura yo‘nalishlari
bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
ishlarini takomillashtirish;
kadrlar
tayyorlash borasida xorijiy davlatlarning soliq organlari va o‘quv muassasalari
bilan tajriba almashishni kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga
oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
budjet
daromadlarini shakllantirishda davlat manfaatlarini hamda soliq to‘lovchilarning
huquqlarini ta’minlay oladigan kadrlarni tarbiyalash;
soliq
organlari uchun ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan
tahlil uslublari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash
tizimini yo‘lga qo‘yish;
soliqqa
tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqotlar
olib borish natijasida innovatsion loyihalarni joriy etishni kengaytirish;
malakali
kadrlar tayyorlashni buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari,
xalqaro soliqqa tortish, transfert narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil
qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma’muriyatchiligida
ilg‘or axborot texnologiyalarini (Big Data) qo‘llash asosida tashkil etish;
o‘quv
jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, shu jumladan pedagogik, axborot
texnologiyalarini, masofaviy ta’limni o‘qitish, treninglarni interfaol, muammoli-vaziyatli
uslublarini keng joriy etish, talaba, tinglovchi hamda pedagog kadrlarning global
axborot-huquqiy ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
O‘zbekistan Respublikasini har tomonlama rivojlangan davlat va jamiyat oldidagi
o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, yuksak ma’naviy, axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan,
mamlakat kelajagi uchun vijdonan halol mehnat qiluvchi, xalqaro ta’lim maydonida
raqobatbardosh soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalari uchun yuqori malakali
kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlashning zamonaviy
tizimini yaratish Institutning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim xizmatlari bozorida Institutning raqobatbardoshligini
oshirish;
talabalarning
akademik mobilligini ta’minlash;
ta’lim
oluvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, mas’uliyatlilik, mustaqillik
va ijodiy faollikni rivojlantirish;
iqtidorli
yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion, shu jumladan, xalqaro qo‘shma loyihalar
doirasidagi faoliyatga jalb qilish;
ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning
malakasini oshirish;
Institutning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ta’limning
media texnika va dasturiy vositalari, masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda
to‘siqsiz muhit yaratish;
darslik,
o‘quv qo‘llanma, monografiyalarni tayyorlash va chop etish;
talabalar va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish
Adres: | 100173, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li, 3-uy |
Telefon: | (71) 230-90-07, (71) 230-16-30 |
Faks: | (71) 230-16-50 |
Veb-sayt: | fiin.uz |
E-mail: | fiskal@soliq.uz |
Direktor Vakant |
Fuqarolarni qabul qilish kunlari Har kuni soat 09.00 dan 11.00 gacha |