Markaziy apparat
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
"Потребитель.уз" guruhida “Soliq” mobil ilovasidagi xizmatlardan biri noto‘g‘ri talqin qilingan xabar e'lon qilindi:
OFD - bu Olingan foyda daromadi (полученные доходы) emas, fiskal ma'lumotlar operatori (ofd.uz).
Soliq qo‘mitasi avvalroq yangilangan Soliq mobil ilovasida “Fiskal modul uchun to‘lov” bo‘limi qo‘shilgani va fiskal modul uchun to‘lov tadbirkorlik subyektlaridan undirilishi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, fiskal modul – bu tadbirkorlar o‘z faoliyatida foydalanadigan onlayn-nazorat kassa texnikalari uchun dasturiy ta’minotga ega maxsus qurilma.
Fiskal modul uchun to‘lov faqat onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan (yuridik shaxs, YTT) – yiliga bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida undiriladi.
VMQ-943-son 55-band 23.11.2019
Agar siz tadbirkor bo‘lmasangiz, fiskal modul uchun to‘lov qilishingiz shart emas.
Agar Soliq mobil ilovasida fiskal modul uchun xatolik bilan to‘lov qilingan bo‘lsa, “Yangi texnologiyalar” IAM buxgalteriya bo‘limiga info@yt.uz elektron pochta manzili orqali xat yoborish lozim.
Xatda vaziyat haqida aniq ma’lumot bayon qilish, pasport nusxasi (JShShIR aniqlash uchun) va pul o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (chek, kvitansiya, bank ma'lumotnomasi va boshqa) ilova qilish hamda pul mablag‘ini qaytarish uchun bank kartasi tranzit raqami va MFO ko‘rsatilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz murojaatlar 15 kundan 30 kungacha ko‘rib chiqiladi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun
Ariza ko‘rib chiqilgan so‘ng pul mablag‘i xatda ko‘rsatilgan bank kartasiga avtomatik ravishda qaytariladi.
Blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan soliq yoki soliq xizmatlariga oid savollar tug‘ilganda, materiallarni chop etishdan oldin tushuntirish berish yuzasidan Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga qayta aloqa tizimi orqali murojaat qilishlari so‘raladi:
"Yangi texnoligiyalar" IAM
Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!