Quyidagilar jismoniy shaxslar yer soligʻi toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi:
Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi.
Bunda yer uchastkasini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslar yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Jismoniy shaxslar yer soligʻi har yili 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlanishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslar yer soligʻi ushbu soliqning toʻlovchilari deb eʼtirof etiluvchilar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanishi lozim.
Eslatib oʻtamiz! Soliq toʻlash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
Resurs soliqlar ma'muriyatchiligi boshqarmasi