Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling