O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (PQ-90-son, 17.01.2022).
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha:
– O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividend tarzidagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
– norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividend tarzidagi daromadlariga foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
– O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi.
2022-yil 1-iyuldan:
– qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqorida yig‘im to‘lanadi.