Soliq toʻlovchilar tomonidan foydalanilayotgan soliq xizmatlari sifatini oshirish va ularga qulayliklar yaratish maqsadida elektron soliq xizmatlari (my3.soliq.uz) portalida “Bankdagi hisob raqamlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida maʼlumot” xizmati amaliyotga joriy qilingan.
Ushbu xizmat orqali soliq bank hisobraqamlarining toʻxtatilishi toʻgʻrisida onlayn ravishda maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratilgan.
1. Bu xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” boʻlimiga kiriladi.
2. Xizmatlar menyusidan “Bankdagi hisob raqamlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimi tanlanadi. Ushbu boʻlimda soliq toʻlovchining barcha bank hisobraqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan.
3. Ushbu xizmatda bank xisobraqamining yopilishi sababi yani huquqbuzarlik turini koʻrish mumkin.
4. Shuningdek, bankdagi hisobraqamining toʻxtatish yoki ochish toʻgʻrisidagi qaror sanasi va raqami haqida maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
5. Bunda soliq toʻlovchi tomonidan dasturda koʻrsatilgan huquqbuzarlik bartaraf etilgandan soʻng, uning bank hiobraqami avtomatik faol holatga oʻtadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi