2024-yil yanvar-fevral oylarida 15 481 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 3,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 141,5 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 353,9 mlrd so‘mni oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari 5,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
TOP-20 o‘rta tadbirkorlik subyektlari infografikada.
Ular tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
▫️QQS – 74,1 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 28,6 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 15,4 mlrd so‘m;
▫️aksiz solig'i - 9,3 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 7,6 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 6,5 mlrd so‘m.
Soliqlarning asosiy qismi o‘tgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida to‘langan.
Umumbelgilangan soliqlar maʼmuriyatchiligi boshqarmasi