Bugun tadbirkorlar iqtisodiyotimiz tayanchi hamda lokomotiviga aylanib bormoqda. Bu davlatimiz tomonidan tadbirkorlikka ochilayotgan keng yo‘l va soliq maʼmuriyatchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.
Ammo ayrim tadbirkorlar berilgan imkoniyatlarni suiisteʼmol qilib, mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga putur yetkazmoqda.
Tahlil natijalariga ko‘ra o‘tgan 8 oyda 9 139 ta korxona tomonidan QQS summasi to‘lanmagan. Shundan 906 ta qarzdorligi mavjud korxona o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Ularning aksariyati yuqori likvidli mahsulotlar xarid qilib, naqd pulda sotgan va haqiqatda mavjud bo‘lmagan mahsulotlar realizatsiyasini amalga oshirganlik haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan.