Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi
Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.
Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.
Resurs soliqlar ma'muriyatchiligi boshqarmasi