Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari
19/04/2024
2024-yil 1-aprel holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 153,3 mlrd so‘mlik 73 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
soliq auditi bo‘yicha - 139,8 mlrd so‘mlik 51 ta;
sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 13,5 mlrd so‘mlik 22 ta;
Natijada:
4,8 mlrd so‘mlik 7 ta murojaatda (shundan, 6 tasi 4,3 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
83,4 mlrd so‘mlik 57 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
65,1 mlrd so‘mlik 9 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.