Joriy yil yanvar-fevral oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 195 ta yuridik shaxs tomonidan 173,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shundan 35,5 mlrd so‘mi, ya’ni 20,5 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 449 mlrd so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 8 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
▫️QQS – 13,6 mlrd so‘m;
▫️Foyda solig'i – 10 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 9,1 mlrd so‘m;
▫️Boshqa soliqlar - 2,8 mlrd so‘m.
Soliqlarning asosiy qismi o‘tgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida to‘langan.
Umumbelgilangan soliqlar maʼmuriyatchiligi boshqarmasi