Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Maxsus iqtisodiy zonalar va ularning imtiyozlari haqida tushintirish

Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi” OʻRQ604-sonli Qonuni bilan tartibga solinadi.

Maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan hudud.

Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:

erkin iqtisodiy zonalar;

maxsus ilmiy-texnologik zonalar;

turistik-rekreatsion zonalar;

erkin savdo zonalari;

maxsus sanoat zonalari.

Erkin iqtisodiy zona - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni taʼminlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.

Maxsus ilmiy-texnologik zona - innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) toʻplangan hudud.

Turistik-rekreatsion zona - unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat koʻrsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat koʻrsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni taʼminlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.

Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari boʻlgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni
oʻrab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni oʻz ichiga oladi.

Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yoʻl bogʻlamalarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.

Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xoʻjalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur maʼmuriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish zonalarini oʻz ichiga oladi.

Maxsus sanoat zonasining faoliyat koʻrsatish qoidalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:

arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlik;

moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;

maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;

texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar koʻrsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.

Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:

Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan boʻlishi kerak.

Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining dastlabki toʻrtta belgilaridan birining darajasida boshlangʻich xom ashyoga nisbatan oʻzgarishini yoki qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot hajmining kamida oʻttiz foiz darajasida koʻpayishini nazarda tutishi kerak.

Erkin iqtisodiy zonalarda raqobat muhiti yaratilgan, ichki bozor toʻyingan yoki ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan oʻxshash mahsulot ishlab chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud boʻlgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tegishli vakolatli organlarning Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshash mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud emasligi, ishlab chiqarish hajmlari yetishmasligi va raqobat muhiti darajasi toʻgʻrisidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.

Ushbu talablar toʻliq eksportga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari uchun tatbiq etilmaydi.

Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

roʻyxatdan oʻtgan patent huquqlarining mavjudligi;

ilmiy-texnik yangilik va ishlab chiqariladigan mahsulotning koʻp ilmiy izlanishni talab qilishi (tovarlarning xususiyatiga koʻra mutlaqo yangi yoki ilgari ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning xususiyatlaridan jiddiy farq qilsa yoki tovarning isteʼmol xossalariga koʻra mavjud boʻlgan shunday tovarlarga nisbatan yaxshilangan boʻlsa yoki bevosita oʻxshashlari mavjud boʻlmagan taqdirda, sifat jihatidan yangicha isteʼmol (funksional) xususiyatlariga ega boʻlsa, shu jumladan tovarning raqobatbardoshligini oshiradigan yoxud tovarni qoʻllashning bunday tovardan foydalanish sohasini kengaytirish imkonini beradigan yangi usuli aniqlangan boʻlsa).

Tegishli vakolatli organlarning roʻyxatdan oʻtgan patent huquqlari mavjudligi va ilmiy-texnik yangilikning mavjudligi hamda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishi toʻgʻrisidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.

Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar:

Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari turistik industriya obyektlarining barpo etilishini, turistik xizmatlarni tashkil etish chogʻida turistlar xavfsizligi va sogʻligʻining muhofaza qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini, shu jumladan turistik industriya obyektlarini videokuzatuv, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ogohlantirish (xabar qilish) va zarur yordam koʻrsatish tizimlari bilan jihozlash orqali taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutishi kerak.

Soliq kodeksi bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari berilgan.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun - 3 yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun - 5 yil muddatga;

15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun - 10 yil muddatga ozod etiladi.

Mazkur soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi oʻrtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa soliqlar boʻyicha imtiyozlardan Soliq kodeksiga muvofiq foydalaniladilar.

Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.

Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran hisoblanadi.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan eʼtiboran foydalanishga haqli emas.

Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran qoʻllaniladi.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil I choragida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring