Avval xabar berganimizdek, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Ertaga:
Koson tumanidagi Musiqa va san'at maktabida (soat 11:00)
Qarshi shahridagi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati binosida (soat 16:00)
Chirchiq shahridagi “Akva” istirohat bog‘ida (soat 10:30)
Olmaliq shahridagi “Yoshlar bog‘i"da (soat 15:00)
Oqoltin tumani hokimiyatida (soat 10:00)
Sirdaryo tumani hokimiyatida (soat 15:00) navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.
Respublikamizning qolgan hududlarida tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar haqida rasmiy sahifalarimizda ma'lumot joylashtiriladi.