2022-yil 20-aprel
I chorak uchun:
- foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);
- jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi);
- maxsus renta solig‘i bo‘yicha hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454/7-moddasi 2- va 3-qismi).
mart oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);
- agar mart oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning
hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari).
aprel oyi uchun:
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).