Eslatma! Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shu sababli 2021-yil 11-oktabr
III chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi);
- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yillik yer solig‘ini 1/4 qismini to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
sentabr oyi uchun:
- alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan Turizm va sport vazirligining "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadigan yig‘imlar hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (VM 253-son qarori 2-ilovasi 8-, 9-bandlari 28.04.2021);
- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);
oktabr oyi uchun:
- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi, 417-moddasi 6-qismi).